17фев

Xorazm viloyatida qo'shma ekologik reyd bo'lib o'tmoqda

Xabar berganimizdek, (https://t.me/ecoxorazm/10935) Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hаmkorlikda viloyatda tashkil etilgan ishchi guruh  tomonidan nazorat tadbirlarini o'tkazish davomida e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan qator masalalar tushuntirilib, PF-81-son Farmoni hamda PQ-171-son qarorlari mazmun mohiyati yuzasidan  tushuntirishlar berilib, joylarda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan yig'ilish o'tkazilib, nazorat tadbirlarini olib borish uchun yo'l olib, shahar va tumanlarning qator mahallalarida nazorat tadbirlarini o'tkazishga kirishildi.

Reyd jarayonlarining natijalari haqida qo'shimcha axborot beramiz. 

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati