12фев

Jarayon

Xabar berganimizdek, (https://t.me/ecoxorazm/10891) O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining  PF-81-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari ishtirokida atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 1 va 2-toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarining ahvoli o'rganish yuzasidan viloyatimiz bo'ylab ishchi guruh tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, ishchi guruh tomonidan Xonqa tumani "Xonqa don maxsulotlari" AJ, "Xorazm TEX" MChJ, Urganch shahri "Janubgaz butlash va qurilish qurilmalari" UK hamda Urganch tumani "Xonqa don maxsulotlari" AJ va "Jayhun yo'llardan muntazam foydalanish" DM larida o'rganish ishlari olib borildi. 

Ishchi guruh tomonidan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarga ChGTUlarni belgilangan tartibda yangilash yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi. 

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati