28дек

Xonqa tumanida 2 ta oqava suvni haydash inshootlari qurib foydalanishga topshirildi

 Shaharlar va tuman markazlarida markazlashgan oqava suv tizimlarining barpo etilishi, hududning ekologiyasi va sanitariya holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. 

Shu maqsadda  Xonqa tumani markazida oqava suv tizimlarini qurish loyihasiga jami 46,5 mlrd so`m mablag` ajratilib, 12,2 km  oqava suv tarmoqlari,  quvvati kuniga 4 ming metr kub bo`lgan oqava suvni tozalash  hamda 2 ta oqava suvni haydash inshootlari  qurib foydalanishga topshirildi. 

Buning natijasida Xonqa tumani markazidagi ta’lim va tibbiyot muassasalari,  tadbirkorlik sub’ektlari hamda  28 ming nafardan ortiq aholi ilk bor markazlashgan oqava suvlarni tozalash xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldi. 

Yangi inshootni ishga tushirilishi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo`rabek Raximov ishtirok etdi.