22дек
Muloqot
Toshkentdagi "Yoshlar ijod saroyi"da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda eko-faol yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida vazir sohada yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarga alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlab, ularga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbirdan maqsad ekologiya sohasida yoshlarning faolligini yanada oshirish, dolzarb muammolarga yechim topishda ularning o‘rni yuqori, har bir fikri, tashabbusi muhim ekanligini yana bir bor ta'kidlashdir.