20дек

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xiva shahri sharmanda axvolda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan  viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xiva shahar inspeksiyasi hamda Xiva shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikga tezkor o'rganish ishlari olib borildi.

♻️ Mazkur o'rganish davomida Xiva shahar "Yangi turmush" mahallasi hududiga to'planib qolgan qattiq maishiy chiqindilar Xiva shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilganini ma'lum qilamiz.