20дек
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Shovot tumanida xazon yoqilganlik holati aks etgan video murojaat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shovot tuman inspeksiyasi tomonida tezkorlik bilan o'rganildi.
♻️ O'rganish jaragonida Shovot tumani "Asaviy" mahallasida yashovchi fuqaro M.S tomonidan xazon emas maishiy chiqindilarni ochiq alanga oldirib, yoqib yuborganlik holati aniqlandi.
⚡️ Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro M.Sga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.