18дек

Rasmiy_munosabat

 Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch shahrida Obihayot mahallasi hozirgi kundagi holati" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch shahar inspeksiyasi tomonidan tezkorlik bilan o'rganildi.

🔹 Mazkur o'rganish davomida "Obihayot" mahallasi hududiga "Urganch Avto Eko Trans" MChJ maxsus texnikalari hamda ishchi xodimlari jalb qilinib, murojaatda ko'rsatilgan hududida to'planib qolgan qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketilishi ta'minlandi.