18дек

Xorazmda noqonuniy ravishda saksovul olib kelayotganlik holati aniqlandi

 O'zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy Gvardiya hodimlari bilan hamkorlikda Tuproqqal'a tumanida o'tkazilgan tungi ekologik reyd tadbirlari davomida, fuqaro A.B tomonidan 12,6 metr kub hajimdagi tabiiy holda o'suvchi saksovul o'simligini ko'porib olib kelayotganlik holati aniqlandi.

⚡️ Holat yuzasidan fuqaro A.B ga nisbatab  O'zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 2-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy choro ko'rish uchun O'zbekiston Respublikasi MJtKning 245-moddasi 1-qismi tartibida ko'rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo'yicha Tuproqqal'a tuman sudiga hujatlar tayyorlanmoqda.

🛻 Hozirda avtomoshina qonuniy chora ko'rilguniga qadar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga kiritib qo'yilgan.

🔹Ko'rilgan chora natijalari bo'yicha qo'shimcha axborot beramiz.