09дек

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida "Kostitutsiya" ko'chalari tashkil qilinib, unda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, jumladan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Urganch hamda Yangibozor tumanlari inspeksiyasi inspektorlari tomonidan "Ekologik huquqlar burchagi" tashkil etildi.

Tadbirda keng jamoatchilikka tabiatdan oqilona foydalanish va ziyon yetkazmaslik toʻgʻrisida ma'lumotlar berildi. Ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan tadbirda fuqorolar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga inspektorlar tomonidan javoblar berildi.