Xorazmda bir qator soha vakillari “Tabiat himoyachisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga munosabati bilan Ekolgiya vazirligi tomonidan “Obod xonadon - obod ko`cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish ishlarida hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etgan viloyati Ekologiya boshqarmasining Bog`ot, Xiva va Ko`shko`pir tuman inspeksiyalari boshliqlari Jumaboev Sarvarbek Toxirovich, Karimbergonov Jaloliddin Shuhrat o`g`li va O`razboev Dilshodbek Yunusboy o`g`li “Tabiat himoyachisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🎖 Ko`krak nishonlarini o`z egalariga viloyat prokuraturasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o`rmon xo`jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`limi boshlig`i hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig`i ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.