05дек

“Konstitusiya – xalqchil davlat,barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”

Konstitusiya – davlatning asosiy hujjati bo`lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2023-yil 16-noyabrda imzolangan “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi farmoyishida ta’kidlaganidek, “Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”.

Shu munosabat bilan “Konstitusiya haftaligi” doirasida viloyati Ekologiya  boshqarmasida  “Konstitusiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g`oyani o`zida mujassam etgan tadbir bo`lib o`tdi.