03дек

Yashil makon

Davlat xavfsizlik xizmati Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan tuman hokimligi vakillari hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda “Yovg‘ir” mahallasidagi  825 tupdan ortiq har xil turdagi ko‘chatlar ekildi.

Bu kabi tadbirlardan asosiy ko‘zlangan maqsad yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashdan iborat.

Zero, ko‘chat ekish, bog‘ yaratish yurt obodligi, el farovonligi, hayot davomiyligini ta'minlaydigan ezgu amaldir.