01дек
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Ayni damda Urganch tuman Hilol mahallasidagi xazon barglarini hamda chiqindilar yoqayotgan fuqarolarga kim chora ko‘radi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan
Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch tuman inspeksiyasi tomonidan tezkor o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish davomida "Hilol" mahallasida yashovchi fuqaro B.M yashash xonadoni yer maydonida hosil bo'lgan o'simlik qoldiqlarini hamda maishiy chiqindilarni bir joyga to'plab ochiq alanga oldirib yoqib yuborganligi holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.M ga nisbatan MJtKning 88-modda 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.