21ноя

Shovot tumanida noqonuniy ravishda daraxt kesgan fuqaroga 7 million 95 ming so'm jarima qo'llandi

Xorazm viloyati prokurarturasi, viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shovot tuman inspkesiyasi hamda Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan ekologik reyd tadbirlari davomidi Shovot tumani "Arbob" mahallasida yashovchi fuqaro P.B noqonuniy ravishda  3 tup terak va 1 tup tut daraxtini kesganlik holati aniqlandi.

🔹 Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.B ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 79-modda 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 5 barabar miqdorida 1 million 650 ming so'm jarima va  5 million 445 ming so'm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. 

⚡️ Shu o'rinda fuqarolarimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlari so'rob qolamiz.