06ноя

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI DALA TAJRIBA MAYDONIDA "USTOZLAR BOG'I" YARATILDI

Urganch davlat universitetining Yangibozor tumanida joylashgan dala tajriba maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda koʻchat ekish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, xodimlar va Agronomiya, Mevachilik, Uzumchilik, Sabzavotchilik yoʻnalishlarining koʻngilli talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda soha mutaxassislari koʻchat ekish usullari haqida tushuntirishlar berdi.

Universitet jamoasi ushbu xayrli tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. Ekilgan nihollar keng quloch yoyib, mevasi xalqimiz dasturxonidan joy olishi uchun qoʻllar duoga ochildi.

Hozirda 1.5 gektar yer maydoniga 2000 tup olxoʻri koʻchatlari ekish ishlar olib borilmoqda.