03окт
Tungi reyd
Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan hamkorlikdagi tungi ekologik nazorat tadbirlarining navbatdagi manzili Urganch shahari "Sanoatchilar" ko'chasida olib borildi.
Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro S.S tomonidan belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni tashlayotganligi aniqlanib, fuqaro S.S ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 91-modda 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Viloyat bo'ylab tungi reyd tadbirlari davom etmoqda.