03окт
Tungi reyd
Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi Xiva tuman inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan hamkorlikdagi tungi ekologik nazorat tadbirlari davomida tumanning "Qumyop" mahallasida yashovchi fuqaro B.S tomonidan ichki zaxkash suvini muhofaza qilish hududidan tuproq qazib olganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro B.S ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.
Viloyat bo'ylab tungi reyd tadbirlari davom etmoqda