03окт
Bosh prokuror oʼrinbosari Sh.Toʼxtaboev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida ekologiya sohasidagi qonunlar ijrosi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʼrganilmoqda.
Bosh prokuror oʼrinbosari Sh.Toʼxtaboev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida ekologiya sohasidagi qonunlar ijrosi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʼrganilmoqda.
Xususan, Shovot tumanidagi "Аnor" koʼchatchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʼjaligi faoliyati bilan tanishilib, xoʼjalik tasarrufidagi 33 gektar yer maydonida yetishtirilayotgan "Qayragʼoch", "Sharq tuyasi", "Yapon saforasi", "Qatalʼpa", "Аkatsiya" va boshqa koʼchatlarini yetishtirish tartibi bilan tanishildi.
Fermer xoʼjaligi rahbari va masʼullarga koʼchatchilikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.