Viloyat prokuraturasi va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi tomonida o'rganish ishlari olib borilmoqda
Viloyat prokuraturasi va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi tomonidan, sanoat korxonalarida zamonaviy oqova suv tozalash inshootlarini oʻrnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish hamda viloyatda mavjud ekologik muommolarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
⚡️ O‘rganish ishlari "Xorazm suv ta'minoti" MChJ ga qarashli, Urganch shahar markaziy kanalizatsiya oqova suv tozalash inshootida, "Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi"ga qarashli, "Qaqrali" o‘rmon bo‘limida hamda Xonqa tumanida joylashgan "Obi Hayot" MCHJ injenering kompaniyasi tomonidan oqova suv tozalash inshooti va 2 ta yangi oqova suv nasos stansiyasi qurilishi hamda "Xorazm Tex" MChJ da yangidan qurilgan zamonaviy biologik, fizik va kimyoviy oqova suv tozalash inshooti o‘rganildi.