Rasmiy munosabat
Avval xabar berilganidek (https://t.me/ecoxorazm/8901), ijtimoiy tarmoqlarda "Bu ketishda Xorazm cho'lga aylanishi mumkin. Oldin bu hududda daraxtlar bor edi, nima sababdan ularni kesib tashlashdi?" sarlavhasi ostida tarqalgan habar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Uragnch shahar bo'limi tomonidan dastlabki o'rganish ishlari boshlangan edi.
O'rganish davomida Al-Beruniy ko'chasi hududida fuqaro Sh.S tomonidan qurilish ishlarini olib borish jarayonida 6 tup archa daraxtini tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan o'z boshimchalik bilan ko'chirib o'tkazganlik holati aniqlandi.
🔷 Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro Sh.S ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari yani 1 mln 650 ming so'm jarima qo'llandi.