08июл

O'quv seminar

🇺🇿 Ekologiya boshqarmasida viloyat prokuraturasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʼrmon xoʼjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʼquv seminari oʼtkazilib, PF-81-son Farmoni hamda PQ-171-son qarorlari mazmun mohiyati yuzasidan  tushuntirishlar berildi. 

⚡️Shundan soʼng viloyat Ekologiya boshqarmasida davlat inspektorlari, Ichki ishlar organlari hamda viloyat Milliy gvardiyasi xodimlari hamkorligida qoʼshma guruhlar tashkil qilindi hamda maxsus xizmat avtomashinalarida nazorat tadbirlarini oʼtkazish uchun hududlarga taqsimlandi. 

👮‍♀ Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar oʼtkazilib, Ekologiya bilan bogʼliq boʼlgan hollarda noqonuniy xatti xarakatlar oldini olish yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

🦌 Qatnashchilar Yangibozor tumanida joylashgan "Xorazm Milliy tabiat bogʼi"da amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdilar