19май

O'zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish siyosatini yuritish boʻlimi mutaxassisi Xorazm viloyatida xizmat safarida bo'ldi

Xizmat safari davomida Bogʻot tumanida joylashgan “Qalajiqqalʼa oazis ekoturizm” fermer xoʻjaligiga qarashli ekoturim maskanida boʻlib, uyerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, obyekt qurilishi bo'yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar oʼrganilib, hududda yovvoyi hayvonlarni ko'paytirish va saqlash pitomniki tashkil qilish bo'yicha fermer xoʻjaligi rahbariga zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Ma'lumot o'rnida: "Qalajiq-Qala" qal’asi sho‘r ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ko‘hna Xorazm hududidagi eng qadimiy qal’alardan biri hisoblanadi. Devorlarning balandligi 14 metr va kengligi 2,5 metrni tashkil qiladi. Qoraqum cho‘li qum tepalarining qal’a tepasidan ko‘rinishi kishilarni hayratga soladi.