18май

Joriy yilning bahor mavsumida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyati hududiga jami 43 ming 873 tup gujum daraxti ekildi

Gujum daraxti joy tanlamas, yontoqqa o'xshab chuqur ildiz otib, qurg'oqchil, sho'rlangan yerlarda ham o'saveradi. Barglari tukchalar bilan qoplangani bois quyosh taftini o'tkazmaydi. Shu bois ihotazorlar barpo etishda, asosan, gujum daraxtidan foydalaniladi.

Darhaqiqat, gujum qum ko'chkilarining oldini olish, shamol yo'lini to'sish, tuproqni eroziyadan asrashdan tashqari, iqlimni moʻʼtadil saqlashda noyob xususiyatlarga ega daraxt hisoblanadi. 

 Gujum daraxti karbonat angidrid gazini yutib, ko'p miqdorda kislorod ishlab chiqaradi, noorganik changlarni tutib, havoni tozalaydi. Bu-har qanday issiq, xususan, vohaning keskin-kontinental iqlim sharoitida ham insonning hordiq chiqarishi uchun qulaylik yaratadi. Gujum daraxti o'ta chidamli bo'lib, yuz yildan ortiq umr ko'radi.