15май
To'planib qolgan chiqindilar olib chiqib ketilmoqda
Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Yangiariq tuman bo'limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida tumanning "Do'stlik" mahallasida maishiy chiqindilar to'planib qolganlik holati aniqlandi va "EKO KLASTER" MChJ maxsus texnikasi hamda hodimlari tomonidan to'planib qolgan chiqindilar olib chiqib ketildi.
Shu o'rinda fuqarolarimizdan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamasliklarini so'rab qolamiz.