12май

“Xorazm milliy tabiat bog'i”da noyob hayvonlar parvarish qilinmoqda

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi “Xorazm milliy tabiat bogʻini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga asosan Amudaryo deltasida tabiiy to'qay resurslarini muhofaza qilish, ularni qayta tiklash hamda Xorazm viloyatidagi cho'l ekotizimlarini saqlash va viloyatda ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida “Xorazm milliy tabiat bog'i” tashkil qilingan edi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch Davlat Universiteti, Fanlar Akademiyasining Zoologiya instituti  olimlari bilan hamkorlikda tabiat bogʻida oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash va koʻpaytirish  mavzusida 3ta grant loyihasi tayyorlangan. Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6 ta ekoturizm  marshrutlari ishlab chiqilgan. Tabiat bogʻining sunʼiy pitomnigiga 9 ta Buxoro bugʻisi  olib kelib parvarishlanmoqda. Yaqin kunlarda yana 45 bosh bugʻi olib kelish rejalashtirilgan