02фев

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov Fransiya taraqqiyot agentligining mintaqaviy direktori Sesil Kupri bilan uchrashuv o'tkazdi

Uchrashuvda Tabiat resurslari vazirligi hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AfD) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, chiqindilarni boshqarish sohasidagi amaldagi ishlar va ushbu yo'nalishda investitsion salohiyatni oshirish masalalari  muhokama qilindi.

Yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, xalqaro ekologik standartlarni belgilash, raqamlashtirish tizimini keng joriy qilish, bu borada Fransiya tajribasini o‘rganish va mexanizmlarini ishlab chiqib, amaliyotda qo‘llash muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida Sesil Kupri joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining  14-Tomonlar konferensiyasi (COP-14)ga  taklif etildi.