06фев
Hurmatli OAV vakillari, jurnalist va blogerlar!
Joriy yilning 9-fevral kuni soat 15:00 da viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommoviy kommuniqatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida olib borilgan keng ko'lamli ishlar va istiqboldagi vazifalar" mavzusida Matbuot anjumani o'tkazish rejalashtirilgan.
☝️Matbuot anjumanida barcha xohlovchilar, OAV vakillari, blogerlar ishtirok etishi mumkin.
📍Manzil: Urganch shahar, Yoshlik ko'chasi, 1-uy
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati