11янв

11 - yanvar – Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni

Sana 1997-yilda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) butun dunyoda biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanadi. Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar xodimlarining vazifasi o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, muhofaza etiladigan hududlarning o‘simlik va hayvonot dunyosini brakonyerlardan himoya qilishdir.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 6,321 million gektarni (mamlakat hududining 14,08 foizini) tashkil etadi. Muhofaza hududlari tizimiga quyidagilar kiradi: 7 ta davlat qoʻriqxonasi, 1 ta milliy bogʻ, 12 ta tabiiy bogʻ, 11 ta davlat tabiat yodgorligi, 12 ta qoʻriqxona, 2 ta biosfera rezervati va 1 ta ixtisoslashtirilgan pitomnik – “Jayron” ekomarkazi.

🐾Bu hududlarda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 102 turdagi umurtqali hayvonlar va 280 turdagi oʻsimliklar roʻyxatga olingan.