Bugun 8-Yanvar O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!
Bugun 8-Yanvar O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!
Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan 2016-yil 19-dekabrda O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida”gi qonuni imzolandi.
Prokuratura organlari xodimlarining kasbiy bayrami sifatida belgilangan kun prokuratura organlarida xizmat qiladigan barcha xodimlar, jumladan faxriylari qalbidagi orzu-umidlar ro'yobga chiqqan qutlug sanadir.
Ta’kidlash joiz, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yo'nalishlarda salmoqli ishlar qilinmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda.
Barcha prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Bayramingiz muborak bo`lsin!
Hurmat bilan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi jamoasi