22ноя
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyat xonqa tumani Guluston mahallasidan chiqindilar vaqtida olib ketilmayotgani mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman inspeksiyasi tomonidan tezkorlik bilan o'rganildi.
♻️ O'rganish davomida Xonqa tumani "Guliston" mahallasi Yangibog' ko'chasidagi to'planib qolgan maishiy chiqindilar "Eko Klaster" MCHJ xodimlari hamda maxsus texnikalari yordamida bartaraf etilganini ma'lum qilamiz.