16окт

Prezident dala chetlaridan unumli foydalanilmoqda

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirishni yanada koʼpaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Bunda nafaqat mavjud yerlardan oqilona foydalanishga, balki qishloq xoʼjaligi ekinlari ekiladigan dala chetlari, kanal va zovurlar atrofidan ham unumli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yangibozor tumanida oʼtkazilgan koʼrgazmali seminar shu xususida boʼldi. 

Unda viloyat hokimi oʼrinbosari tuman hokimi fermer xoʼjaliklar rahbarlari va qator soha mutaxassislari ishtirok qildi. Mutaxassislar tomonidan seminar qatnashchilariga tavsiyalar berildi.

"Ochaqalʼa mevalari" fermer xoʼjaligida oʼtgan tadbir davomida dala chetlariga 500 tup uzum koʼchati va 300 tup tut koʼchatlari ekildi.