13окт

Urganch shahrida chiqindi to'lovlarini undirish borasida ishchi guruhlar tuzildi

Viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda "Urganch Avto Eko Trans" MChJ xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida chiqindi to'lovlarini undirish bo'yicha ishchi guruhlar tuzilib mahallalarda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga ishchi guruh tomonidan fuqarolarga daraxtni ruxsatsiz kesmaslik, oqava suvlarni belgilanmagan joylarga chiqarmaslik, hazonlarni yoqmaslik hamda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlamaslik to'g'risida targ'ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.