Korrupsiyaga qarshi kurashda barcha mas’ul
Xorazm viloyati prokuroturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashda barcha mas’ul” mavzusida Qo'shko'pir tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 213-214-moddalari talablari tushuntirilib, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etishi kerakligi takidlandi.
Shuningdek hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bo‘yicha javobgarlik masalalari tushuntirildi.