10окт

Yangibozor tumanida o'tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida mansabdor shaxsga nisbatan jarima qo'llandi

Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yangibozor tuman inspeksiyasi tomonidan tumanda o'tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida "Do'stlik" mahallasi hududiga joriy yilning bahor mavsumida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarga o'z vaqtida agrotexnik tadbirlar olib bormaganligi hamda o'z vaqtida sug'orish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli ko'chatlar qurib qolganlik holat aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Yangibozor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'iga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi  MJtKning 79-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning 10 barobari miqdorida jarima qo'llandi.

Viloyatimiz bo'ylab ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda...