09окт
Qo'shko'pir tumanida ham tungi ekologik nazorat tadbirlari olib borilmoqda
Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Qo'shko'pir tuman inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan tungi ekologik nazorat tadbirlari davomida tumanning "Chamanzor" mahallasida yashovchi fuqaro N.M tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan 2 tup terak daraxtini kesganlik holati aniqlandi.
🔷 Holat yuzasidan fuqaro N.M ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning 5 barobari miqdorida jarima hamda 990 ming so'm miqdorda tabiatga yetgan zarar hisoblandi.
👮♂Viloyat bo'ylab nazorat tadbirlari davom etmoqda