09окт

Shovot tumanida tungi ekologik nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shovot tuman inspeksiyasi tomonidan  oʼtkazilgan tungi ekologik nazorat tadbirlari davomida tumanning "Qumyop" mahallasida yashovchi fuqaro E.M belgilanmagan joygan qurilish chiqindilarini tashlaganlik holati aniqlandi.  
     
🔷 Holat yuzasidan fuqaro E.M ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi  MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

👮‍♂Viloyat bo'ylab nazorat tadbirlari davom etmoqda.