09окт

Tungi reyd

Ekologik nazorat tadbirlari Gurlan tumanida ham olib borilmoqda

Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Gurlan tuman inspeksiyasi tomonidan  oʼtkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida tumanning "Yormish" mahallasida yashovchi fuqaro Z.Y tomonidan  o'z xonadonidan chiqqan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joygan tashlaganlik holati aniqlandi.  
     
🔷 Holat yuzasidan fuqaro Z.Y ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi  MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

👮‍♂Viloyat bo'ylab nazorat tadbirlari olib borilmoqda