09окт
Xiva tumanida noqonuniy tarzda qum qazigan fuqaroga jarima solindi
Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaxa qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xiva tuman inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida fuqaro N.O tomonidan "Pirnoxos" mahallasi hududidan hech qanday ruxsatsiz qum qazib olganlik holati aniqlandi.
🔷 Holat yuzasidan fuqaro N.O ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM 10 barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi.
👮♂Viloyat bo'ylab nazorat tadbirlari olib borilmoqda.