Bosh prokuror oʼrinbosari Sherzod Toʼxtaboev boshchiligidagi ishchi guruhi Xorazm viloyati Bogʼot tumanida joylashgan 14-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi taʼlim sifati, oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tan
Bosh prokuror oʼrinbosari Sherzod Toʼxtaboev boshchiligidagi ishchi guruhi Xorazm viloyati Bogʼot tumanida joylashgan 14-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi taʼlim sifati, oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan maktabda dars jarayonlarida qatnashib, oʼquvchilarga ekologiya sohasidagi qonunchilik talablari, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, chiqindilar bilan bogʼliq ishlarning tashkil etilishi, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida tushuntirishlar berilib, Bosh prokuror oʼrinbosari Sh.Toʼxtaboev tomonidan oʼquvchilarga "Qizil kitob" lar tarqatildi.
Oʼquvchilarga "Qizil kitob" ga kiritilgan oʼsimlik va xayvonot dunyosi haqida gapirib berilib, oʼquvchilarning kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.