Urganch Davlat Universitetida "Atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya jihatdan ozada saqlash" mavzusida tadbir tashkil etildi
Xorazm viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi, "Yoshlar qanoti", Urganch Davlat Universiteti pedagog va talabalari ishtirokida “16-sentyab-Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan "Atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya jihatdan ozada saqlashga qaratilgan" davra suhbati oʼtkazildi.
Tadbirda mazkur kunning tarixiy ahamiyati va Xalqaro miqiyosda nishonlanishi boʼyicha maʼruzalar qilinib, ekologik madaniyat bu shaxsning atrof-muhitga maʼsuliyatli munosabatiga oid bilim, koʼnikma, qadriyat, maʼnaviy va ahloqiy meʼyorlar hamda ularni amalda ongli ravishda samarali qoʼllay bilish faoliyatining yuksak koʼrsatkichlari majmui ekanligini qayd etib oʼtdi.