18авг

“Toza havo” oyligi: Tuproqqal'a tumanida

Shu kunlarda “Toza havo” oyligi doirasida Xorazm viloyatining barcha hududlarida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Jumladan Tuproqqal'a tumani "Toshsaqa" blok postida ham viloyatimizga kirib kelayotgan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan chiquvchi is gazi va tutun miqdorini oʻlchash ishlari amalga oshirilmoqda.