18авг

Rasmiy munosabat

 Ijtimoiy tarmoqlarda "Yer qazib olish qonuniymi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Xonqa tumani bo'limi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

⚡️Mazkur o'rganish davomida Xonqa tumanida yashovchi fuqaro S.O tomonidan tegishli tashkilotlarda ruxsat olmasdan o'z boshimchalik bilan noqonuniy ravishda tuproq qazib olayotgani aniqlandi.

🔷 Holat yuzasidan fuqaro S.O ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari ya'ni 6 mln 600 ming so'm jarima qo'llandi.