12авг

"Toza havo" tadbiri

Har yili mamlakatimizda "Toza havo" tadbiri ikki boschiqda amalga oshiriladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash maqsadida o‘tkaziladigan ushbu tadbirning ikkinchi bosqichi Xorazm viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan 10-avgusitdan 10-sentyabrga qadar davom etadi.

Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  "Cholish blok posti" orqali viloyatimizga kirib kelayotgan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, harakatdagi avtotransport vositalaridan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini o‘lchash ishlari ham amalga oshirish bilan bir qatorda haydovchilarga tavsiya va tushunchalar berib o‘tilmoqda.

Bu tadbirlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida ham davom etmoqda.