04авг
Xorazmda huquqbuzar fuqaroga nisbatan 63 mln 558 ming so'm jarima qo'llanildi.
orazm viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari davomida Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro D.A tomonidan noqonuniy ravishda saksovul o'simliklarini qo'porib olib kelayotganlik holati aniqlandi.
⚡️Holat yuzasidan fuqaro D.A ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 1 mln 650 ming so'm jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 61 mln 908 ming so'm da'vo belgilanib, avtomashina vaqtinchalik ushab turush uchun jarima maydoniga joylashtirildi.