03авг
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch shahrida nega chiqindilar vaqtida olib ketilmayapti?" sarlavhasi ostida tarqalgan habar viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch shahar bo'limi tomonidan tezkorlik bilan o'rganildi.
⚡️ Mazkur o'rganish davomida "Chingavuz" hamda "Umid" mahallalari hududlariga "Urganch Avto Eko Trans" MChJ maxsus texnikalari hamda ishchi xodimlari jalb qilinib, mahallalar hududida to'planib qolgan qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketilishi ta'minlandi.