26июл
Xorazmda "Daraxtlarga nafas bering" aksiyasi davom etmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning iyul oyi davomida "Daraxtlarga nafas bering" aksiyasi o‘tkazish tashabbusi boshlab berildi. Ushbu ezgu g‘oya respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Xorazm viloyatida ham ayni kunlarda daraxt va butalarni tashqi salbiy ta’sirlardan xalos etish maqsadida viloyati IIB JXX JTSB xodimlari bilan hamkorlikda monitoring ishlari o‘tkazilyapti.
Viloyatimizning markaziy ko‘chalari va aholi gavjum joylarida daraxt tanasiga o‘rnatilgan reklama bannerlari va elektr simlari bilan o‘rash holatlari, ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilganligi aniqlandi va ushbu salbiy holatlar bartaraf etildi.