Xorazmda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ekologik "plogging" bo‘lib o‘tdi.
Xorazmda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ekologik "plogging" bo‘lib o‘tdi.
Sana munosabati bilan Xorazm viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi, viloyat hokimligi, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat partiya tashkiloti, Urganch Davlat universiteti hamkorlikda Urganch shahar Аmir Temur istirohat bogʼi hududi aholi va o‘sib kelayotgan yosh avlod e’tiborini atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jalb qilish maqsadida hududlarni plastik chiqindilardan tozalash tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida qatnashchilar tomonidan mazkur hududdan 500 kgdan ortiq chiqindilar yigʼib olindi va "Urganch Avto Eko Trans" MChJ maxsus texnikalari yordamida markaziy chiqindi pologoniga joylashtirildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati