04апр

“Yashil makon” umummilliy loyihasi Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faol ishtirok etmoqda

Inson salomatligini asrashda eng avvalo toza ekologik muhit birlamchi zaruratlardan sanaladi. Dov-daraxt, o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi roli esa beqiyos.

Anashu maqsadda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi joriy qilingan bo‘lib, mazkur loyiha doirasida har yili respublikamizning barcha hududlarida millionlab ko‘chatlar o‘tqazilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Xususan, birgina Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi joriy yil bahor mavsumida 85 ming tup daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishni rejalashtirgan bo‘lib, ushbu jarayonlar shiddat bilan olib borilmoqda. 

Jumladan, Yangibozor tumanining “Hamdo‘stlik” mahallasi hududiga 5 ming tub klyon, 5 ming tub yasen, 5 ming tub yapon safura, 5 ming  tub katalpa jami 20 ming tub hamda “Navro’z” mahallasi hududiga 12 ming tub terak ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Bu kabi tadbirlar viloyat bo'ylab izchillik bilan davom ettirilmoqda.