07фев
Qonunni buzib, ov qilish maqsadida yurgan fuqaroga 3 mln so'm jarima belgilandi
Oʼzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi Nazorat inspektsiyasi hamda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Nazorat inspektsiyasi va Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi xodimlari xamkorligida oʼtkazilgan Ekologik nazorat tadbiri davomida viloyatning Hazorasp tumanida yashovchi fuqaro А.R Oʼzbekiston Respublikasi Ov qilish va ovchilik xoʼjaligi toʼgʼrisidagi qonunining 17-moddasi talablarini buzib, ov qilish maqsadida yurganligi aniqlandi.
⚡️ Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro А.R ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismida ifodalangan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, yaʼni 3 mln soʼm jarima belgilandi.