06фев
Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ekologik nazorat reyd tadbirlari o'tkazildi
👮♂️ Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida Hazorasp tumani "Komolat" mahllasi hududidan oqib oʼtuvchi "Tashsaqa" kanalining oʼng qirgʼogʼi muhofaza hududidan shu mahallada yashovchi fuqaro A.J tomonidan noqonuniy qum tuproq aralashmasini qazib olib, kanalning suvni muhofaza qilish hududi rejimini buzganlik holati aniqlandi.
🔷 Holat yuzasidan fuqaro A.J ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.